Gipertovushli raketa ixtirosida qatnashgan yirik rus olimi davlatga xiyonatda ayblanib qamoqqa olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘linmasi (RFA SB) S.A.Xristianovich nomidagi Nazariy va amaliy mexanika instituti (NAMI) direktori Aleksandr Shiplyuk davlatga xiyonat ishi bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda TASS institut ilmiy rahbari Vasiliy Fominga tayanib, xabar bermoqda.

“Institutda tezkor tadbirlar amalga oshirildi. Ular bizning direktorimiz Aleksandr Nikolayevich Shiplyuk bilan bog‘liq. U hibsga olindi. Unga [Institutning avval hibsga olingan bosh ilmiy xodimi Anatoliy] Maslov bilan bir xil ayblovlar qo‘yilgan. Yuqori xiyonat”, degan Fomin.

Fominning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Shiplyuk “Leforto” tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

Shiplyuk – Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, yuqori tezlikdagi aerogazdinamika va gaz oqimlarini o‘rganishning eksperimental usullari sohasidagi taniqli mutaxassis.

U “Gipertovushli texnologiyalar” laboratoriyasining mudiri bo‘lgan. Shiplyuk tadqiqotining asosiy ilmiy yo‘nalishlari aerofizik tadqiqotlarning eksperimental bazasi va usullarini ishlab chiqish, shuningdek, yuqori parvoz tezligida to‘lqin jarayonlarini o‘rganish, gipertovushli uchar qurilmalarining eksperimental aerotermodinamikasi bilan bog‘liq.

Iyul oyi boshida sud Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali Nazariy va amaliy mexanika instituti bosh ilmiy xodimi Anatoliy Maslovni hibsga oldi. Xuddi Shiplyuk kabi, u ham yuqori tezlikdagi aerogazodinamika bilan shug‘ullangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u davlat siri bo‘lgan gipertovushli ishlanmalar haqidagi ma’lumotlarni boshqalarga bergan. U ham “Leforto” tergov izolyatorida saqlanmoqda. Maslov ishini Rossiya FXX tergov qilmoqda.

1 iyul kuni Novosibirskning Sovetskiy tuman sudi davlatga xiyonat qilishda (Jinoyat kodeksining 275-moddasi) gumon qilib, Novosibirsk davlat universiteti fizika fakulteti kvant optik texnologiyalari laboratoriyasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Dmitriy Kolkerni hibsga oldi. Olim davlat sirlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni Xitoyga berishda gumon qilingan. 3 iyul kuni Kolker qamoqxonada vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Olimga oshqozon osti bezi saratonining to‘rtinchi bosqichi tashxisi qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

606

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing