Toshkentda chang-g‘ubor kamaydi. Ammo hamon xavfli

Bu qiziq

image

Bugun, 6 noyabr kuni soat 13:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri havosi belgilangan ifloslanish konsentratsiyasidan 5,5 daraja yuqori holatda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi

Qayd etilishicha, transport vositalarini jadal harakatlanishi va shamolsiz havo tufayli yuqori ifloslanish darajasi saqlanib qolmoqda.

Sovuq havo massasida hosil bo‘lgan atmosferaning quyi qatlamlaridagi inversion qatlam chang tarqalishiga to‘sqinlik qilyapti.

Kun davomida Toshkentda meteorologik sharoitlarni sezilarli o‘zgarishi kuzatilmaydi. Kun davomida quruq va shamolsiz ob-havo saqlanib qoladi.

Kechki soatlarda kuzatilgan past haroratlar atmosferada inversion qatlamini saqlanib qolishiga olib keldi va chang tarqalishiga to‘sqinlik qildi. Kunduz kuni havoning isishi atmosferada changni tarkibi sezilarsiz kamayishiga olib keladi, ammo changli g‘uborni butunlay yo‘qolishi kutilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 30 barobar oshgani ma’lum qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing