Germaniyalik siyosatchi Uchinchi jahon urushi ssenariysini aytib berdi 

Olam

image
Uchinchi jahon urushi rejasi: u qachon va qayerda bo‘lishi kerak edi? north_east

Uchinchi jahon urushi rejasi: u qachon va qayerda bo‘lishi kerak edi?

Uchinchi jahon urushi tank va artilleriyalarsiz bo‘ladi va uni maxfiy qo‘shinlar olib boradi. Bu haqda Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal shtatining sobiq bosh vaziri, Yevropaning raqamli iqtisodiyot bo‘yicha sobiq komissari Gyunter Ettinger “Handelsblatt” gazetasi uchun yozgan maqolasida aytib o‘tdi.

Siyosatchi o‘z maqolasida G‘arb mamlakatlaridagi bir nechta kiberhujumlarni qayd etgan: 2015 yilda Germaniya kansleri Angela Merkelning kompyuteriga buzib kirilgani, Irlandiyaning sog‘liqni saqlash tizimiga hamda AQSHdagi “Colonial Pipeline” va “Solarwinds” kompaniyalariga, shuningdek, Amerika va Germaniya davlat idoralariga qilingan hujumlar. Uning fikriga ko‘ra, buning ortida rossiyalik xakerlar va razvedka xodimlari turishi mumkin.

“Bir narsa aniqki, Uchinchi jahon urushi quruqlik, suv yoki havoda bo‘lmaydi. Hoynahoy, tanklarsiz va qurollarning guvillashisiz virtual olam — kiber maydonda bo‘ladi”, deb yozgan nemis siyosatchisi.

Ettinger Rossiya, AQSH, Xitoy va Isroil hamda Eronni eng yirik kiber kuchlar qatoriga kiritdi. Bundan tashqari, Moskva, uning fikriga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda eng qudratlisidir.

Sobiq vazir o‘z maqolasida Germaniyani kiber mudofaaga e’tibor qaratishga chaqirgan, chunki mamlakat, allaqachon, raqiblaridan ancha orqada qolgan.

Uning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi 2021 yildan 2027 yilgacha kiber maydondagi himoya uchun atigi bir yarim milliard yevro ajratgan. Bu 27 a’zo davlat uchun yiliga umumiy 230 million yevro yoki har bir mamlakat uchun 10 million yevrodan kamroq to‘g‘ri keladi.

Rossiya kiberhujumlarda bir necha bor ayblangan. So‘nggi bor ovoza bo‘lgan voqea “Solarwinds” kompaniyasiga qilingan hujum edi. Moskva barcha da’volarni rad etib, ularning asossiz ekanini ta’kidlab kelmoqda. U shuningdek, raqamli xavfsizlik sohasida Yevropa davlatlarini ochiq hamkorlik qilishga chaqirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

891

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing