Germaniyalik shifokorlar qaysi viloyatlarda koronavirus bemorlarini davolashi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

5

Avvalroq, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘mak berish maqsadida bir guruh germaniyalik mutaxassislar O‘zbekistonga kelayotgani haqida xabar bergan edik.

Xorijlik shifokorlar O‘zbekistonga yetib keldi. Bugun, 22 avgust kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Germaniyaning Robert Kox instituti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi, Dyusseldorf universiteti hamda Frankfurt-Mayn universiteti klinikalaridan kelgan mutaxassislari bilan o‘zaro muloqot o‘tkazdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Muloqat davomida O‘zbekistonda pandemiyaning ta’sirini imkon qadar kamaytirish, kasallik tarqalishining oldini olish va bemorlarni davolashda nemis mutaxassislari va mahalliy shifokorlar o‘rtasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Yevropalik mutaxasassislar guruhi shu yilning 28 avgustiga qadar mamlakatda bo‘lib, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatilaridagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etadilar.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonga Xitoy, Rossiya, AQSH, Koreya Respublikasi, Turkiya kabi davlatlar bilan bir qatorda Germaniyadan kelgan nufuzli mutaxassislar koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita qatnashib, o‘z tavsiyalarini berib kelishmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing