O‘zbekistonga koronavirusdan o‘lim darajasini 70 foizga kamaytiradigan preparat olib kelindi
Jamiyat
−
02 Sentabr 2021
10967Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yuqori samaraga ega preparat olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinatsiyalangan preparatini yuborgan.
Casirivimab/Imdevimab (Shveysariyaning “Roche” farmatsevtika kompaniyasidan) COVID-19 ga qarshi sun’iy “antitanachalar kokteyl”i bo‘lib, hozirda preparat virusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat hisoblanadi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgani aytilmoqda.
LiveBarchasi