Germaniyada vokzalda qolib ketgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha rasmiy munosabat berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Germaniyaga borib, qiyin ahvolda qolgani aks etgan video tarqaldi va bu ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan O‘zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi.

Aytilishicha, Bosh konsulxonaga “Work and Travel” dasturi bo‘yicha Germaniyaga borgan, ish bilan bog‘liq muammolar va yetarli moliyaviy resurslar yo‘qligi sababli Myunxendagi markaziy vokzalda tunashga majbur bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushgan.

Bosh konsulxona xodimlari  “Humo” o‘zbek-nemis madaniy jamiyati faollari bilan birgalikda voqea joyiga yetib borgan va 35 nafar muhtoj O‘zbekiston fuqarolariga ushbu hududda vaqtincha yashashi uchun zarur yordam ko‘rsatgan. 

Bildirilishicha, hozirda O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi va Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olgan va vakolatli organlar bilan hamkorlikda mazkur muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

O‘zbekistondagi “Turon World” konsalting firmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tashkilot 98 nafar O‘zbekiston fuqarosini “Work and Travel” dasturi bo‘yicha Germaniyaga mavsumiy ishlarga jo‘natgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023 yilning may-iyun oylarida “Turon World” kompaniyasi tomonidan “Work and Travel” dasturi orqali Germaniyaga 102 nafar talaba jo‘natilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing