Kurs UZS

USD

12 892.97

12.97

EUR

13 541.49

34.23

RUB

123.38

-0.63

Germaniyada un va yog‘ tanqisligi boshlandi

Olam

image

Ukrainadagi vaziyat Germaniyada oziq-ovqat narxining ko‘tarilishida namoyon bo‘lmoqda va kungaboqar yog‘i va unning mahalliy tanqisligini keltirib chiqarmoqda. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok so‘z ochdi. 

Berbok Ukraina shu paytgacha butun dunyo uchun don yetkazib berish bo‘yicha “ombor” hisoblanganini eslatdi.  

“Hozir qishloq xo‘jaligi yerlari vayron qilinmoqda, dalalardan hosil to‘g‘ri olinmayapti,  omborlar va portlar vayron qilinmoqda. Germaniyada bu oziq-ovqat narxining oshishi va ba’zi supermarketlarda kungaboqar yog‘i va bug‘doy unining bo‘sh javonlarida namoyon bo‘ladi”, deydi u jurnalistlarga.

Uning qayd etishicha, oziq-ovqat tanqisligi boshqa ko‘plab mamlakatlar uchun shunchaki oddiy muammo.

“Millionlab odamlar ochlik xavfi ostida, asosan siyosiy beqarorlik, iqlim inqirozi oqibatlari va boshqa muammolar bilan kurashayotgan mamlakatlarda. Sahel mintaqasi buning qayg‘uli misolidir”, deydi vazir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1039

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing