Germaniyada narxlar o‘sishi 58 yillik maksimumni takrorladi
Olam
−
14 iyun 2022
6834Germaniyada may oyida yillik inflyatsiya bir oy oldingi 7,4 foizdan 7,9 foizga tezlashdi. Bu prognozlarga muvofiq. Kecha, 13 iyun kuni e’lon qilingan Federal statistika boshqarmasining yakuniy baholarida shunday ko‘rsatilgan.
Oxirgi marta shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar Germaniyada 1973-1974 yillar qishida neft inqirozi tufayli qayd etilgan.
Ukraina hududida harbiy harakatlar boshlanganidan keyin Germaniyada energiya narxlari ayniqsa ko‘tarildi va bu inflyatsiyaga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Yana bir omil – bu koronavirus pandemiyasi davrida ta’minot zanjirlarining uzilishidir.
Germaniya federal banki “Bundesbank” prognoziga ko‘ra, yil oxiriga qadar inflyatsiya 7,1 foiz darajasida bo‘ladi.
LiveBarchasi