Germaniyada markaziy osiyolik josus qo‘lga olindi

Olam

image

Kecha, 28 aprel kuni Germaniyada Rossiya foydasiga qo‘poruvchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rish va josuslik qilishda gumonlanayotgan Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Prokuratura talqiniga ko‘ra, u “2025 yil may oyidan kechiktirmay” Rossiya maxsus xizmatlariga Germaniya mudofaa sanoati haqidagi ma’lumotlarni, xususan Berlindagi hukumat binolari, avtomagistrallardagi harbiy kolonnalar va siyosatchilarning xizmat avtomobillari fotosuratlarini yetkazib turgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qozog‘istonlik shaxs suratlarni asosan o‘zining smartfonida olgan va ularni Rossiya maxsus xizmatidagi aloqador shaxsga yuborgan.

47 yoshli erkak 28 aprel kuni qo‘lga olingan va bir sutka ichida sudga olib borilishi kerak. Sud uni hibsda saqlash bo‘yicha qaror qabul qiladi.

ARD va SWR xabariga ko‘ra, tergovchilar qo‘lga olingan shaxsning mobil telefonini tahlil qilib, materiallarning ko‘pligi va harakatlar miqyosidan hayratda qolgan. Boshqa tomondan, u asosan hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan yoki ommaga ma’lum bo‘lgan narsalarni suratga olgan. Biroq huquqiy nuqtai nazardan, bu “josuslik faoliyati” uchun jinoiy javobgarlikni istisno etmaydi, chunki gap NATOga a’zo davlatning harbiy transporti haqida ketmoqda.

Tergovchilar gumonlanuvchining qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumot to‘plagani va Germaniyada bunday operatsiyalar uchun odamlarni yollashni taklif qilganini “ayniqsa tashvishli” deb hisoblamoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘zi aloqada bo‘lgan shaxsga “har qanday ishga tayyorligini” bildirgan.

Eslatib ztamiz, avvalroq Rossiya harbiy razvedkasi manfaatlarida ishlaydigan xakerlar guruhi ko‘plab mamlakatlarning harbiy va hukumat tuzilmalarini Wi-Fi routerlar orqali kuzatish bo‘yicha yirik kuzatuv kampaniyasi ortida turgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya josus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing