Germaniyada qimmat energiyaga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Kecha, 5 sentyabr kuni Germaniyaning Leypsig shahrida bir necha ming kishi hukumatning energiya va ijtimoiy siyosatiga qarshi namoyishlar o‘tkazdi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, namoyishlarga Germaniyada energiya va oziq-ovqat narxlarining keskin oshishi sabab bo‘lgan.

Ushbu namoyishlarni tashkilotchilari bir nechta partiyalar va alyanslar, shu jumladan, o‘ta o‘ng “Freie Sachsen” ittifoqi bo‘lgan. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida bir qancha otishmalar bo‘lgan.

Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi, “Alyans 90”/“Yashillar” va Erkin Demokratik partiya hukmron koalitsiyasi aholiga qiymati 65 milliard yevro bo‘lgan uchinchi yordam paketi qabul qilinganini e’lon qilgan. Biroq namoyishchilar bu choralarni yetarli emas deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Ukraina Germaniyaga elektr yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing