Germaniyada energetika inqirozi tufayli shifoxonalar yopilishi mumkin

Olam

image

Energiya inqiroziga uchragan Germaniyada tez orada shifoxonalar faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbax RND nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Vazir Rossiya energetika resurslarini yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli yuzaga kelgan muammolar barcha ijtimoiy ob’ektlar, jumladan, shifoxonalarni xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini aytib o‘tgan.

"Agar biz tezda va haqiqatan ham radikal tarzda javob bermasak, shifoxonalar yopiladi", deydi u.

Lauterbaxning so‘zlariga ko‘ra, 2022 va 2023 yillarda ijtimoiy sohani moliyalashtirishdagi bo‘shliq taxminan 15 milliard yevroni tashkil qiladi.

“Bunday sharoitda, davlat unga muhtoj bo‘lgan barcha korxona va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlay olmaydi”, deydi u.

Qayd etish kerakki, Rossiya Ukrainaga hujum boshlanganidan keyin Yevropaga rus gazini yetkazib berish qisqardi. Yevropaning qator davlatlari bahordayoq Rossiya gazi uchun rublda to‘lov qilishdan bosh tortdi. Boshqalari esa Germaniyaga gaz eksportining asosiy yo‘nalishi bo‘lgan “Shimoliy oqim-1” orqali yetkazib berishning qisqarishi va to‘xtatilishi oqibatida rus gazini olishdan mosuvo qoldi. Sentyabr oyi oxirida esa har ikki "Shimoliy oqim" gaz quvurida portlash yuz berdi.

Energetika inqirozi fonida Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyani ishonchsiz yetkazib beruvchi deb atab, o‘zidan oldingi hukumat rahbari Angela Merkelni xato energetika siyosati yuritishda aybladi. Unga ko‘ra, Germaniya Rossiya energiya ta’minotiga haddan tashqari qaram bo‘lib qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing