Germaniyada birinchi elektr yo‘llari ochildi
Olam
−
08 may 2019
6008Joriy yilning 7 may kuni Germaniyaning Gessen fediral hududida birinchi elektrlashtirilgan yo‘llar ochildi.
Vayterstadt va Myorfelden o‘rtasida joylashgan elektrlashtirilgan A5 magistralining uzunligi taxminan 14 kilometrni tashkil etadi. Maxsus yo‘l bo‘ylab bir qancha kompaniyalarning eliktrlashtirilgan yuk mashinalari harakatlanishi ko‘zda tutilgan.
Loyihani amalga oshirayotgan Gessen yo‘l agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil o‘rtalarigacha agentlik tomonidan elektr bilan jihozlangan beshta dizelda yuruvchi yuk mashinalar ushbu yo‘lda sinovdan o‘tkaziladi.
Ma’lum bo‘lishicha ushbu loyihada Darmstadt texnika universiteti Siemens Mobility va ENTEGA komapaniyalari ham ishtirok etmoqda. Hozirgacha yo‘lni elektr bilan jihozlash uchun 14,6 mln yevro sarflangan. 2022 yil oxiriga qadar esa, yana qo‘shimcha 15,3 mln yevro ajratilishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi