Germaniyada havo elektrotaksining sinovi bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Germaniyaning “Lilium” startap-kompaniyasi besh kishilik uchadigan elektr taksi prototipini muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

“Lilium” kompaniyasi ushbu qurilma 300 km / soatgacha tezlikda uch olishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatgan.

Uchuvchi elektr taksi sinovi Myunxen yaqinidagi  Oberpfaffenxofen shahri aerodromida o‘tkazilgan. 

Kompaniya asoschisi Daniyel Vigandning so‘zlariga ko‘ra, 1,5 tonnalik model vertikal ko‘tarilib, bir muncha vaqt havoda muallaq turgan. 

Shundan keyin, rejalashtirilganidek, taksida bir necha marta manyovrlar qilingan va gorizontal parvozlarni amalga oshirgan. Taksi salonida yo‘lovchi bo‘lmagan, qurilma masofadan boshqarilgan. 

2025 yildan boshlab bunday taksilar kamida ikkita shaharda tijoriy parvozlarni amalga oshira boshlaydi.

Qurilmaning 36 ta elektr dvigateli bor. Kutilganidek, u 300 km / soatga tezlasha oladi va bir soat davomida parvoz qiladi.

“Kelajakda “Lilium” uchuvchi mashinasi vertolyotdan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi. Chunki, unda mexanik boshqaruv yo‘q va  energiya tejamkorlik xususiyatiga ega bo‘ladi”, degan Daniyel Vigand.

Kompaniya o‘z reyslarini bron qilish tizimini yaratishni istaydi.  “Men samolyotni boy shaxslarga yoki kompaniyalarga sotishimiz mumkinligini istisno qilaman. Maqsad, aholi bizning samolyotlarimizni oddiy taksidek bron qila olsin”, degan kompaniya rahbari. Uning fikricha, aholi ushbu qurilmalardan katta shahar markazlarida ham, infratuzilma bo‘lmagan qishloq joylarda ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

“Lilium” startapi 2015 yilda tashkil etilgan. Xitoyning “Tencent” kompaniyasi va boshqa investorlar kompaniya rivoji uchun 100 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratishgan.

Hozirda “Lilium” ofisi Oberpfaffenxofen shahrida joylashgan bo‘lib, kompaniya 300 ga yaqin xodimga ega.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing