Germaniya JCH debyutantiga 7 ta gol urdi
Sport
−
08:05 2155 1 daqiqa
Kecha, 14 iyun kuni 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining “Ye” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Germaniya va Kyurasao terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs 7:1 hisobida germaniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Feliks Nmecha hisobni ochib, Germaniyani oldinga olib chiqdi. 21-daqiqada Livano Komenensiya javob golini urdi. 38-daqiqada Niko Shlotterbek nemislarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+5-daqiqada Kay Xavers penaltini aniq bajarib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Ikkinchi bo‘lim boshida, 47-daqiqada Jamal Musiala Germaniyaning to‘rtinchi golini kiritdi. 68-daqiqada Nataniel Braun beshinchi golni urgan bo‘lsa, 78-daqiqada Deniz Undav hisobni 6:1 ga yetkazdi. 88-daqiqada esa Kay Xavers Germaniyaning yettinchi golini kiritib, yirik g‘alabani rasmiylashtirdi.
Ushbu natijadan so‘ng Germaniya 3 ochko bilan “Ye” guruhida peshqadamga aylandi. Kyurasao esa ochkosiz holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Endilikda 2-turda Germaniya joriy yilning 20 iyun kuni Kot-d’Ivuarga qarshi maydonga tushadi, 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan 3-tur bahsida esa Ekvador bilan kuch sinashadi. Kyurasao esa 21 iyun kuni Ekvadorga qarshi o‘ynasa, 25 iyun kuni Kot-d’Ivuar bilan to‘qnash keladi.
Live
Barchasi