Germaniya YeIning Isroilga qarshi sanksiyalariga qarshi chiqdi
Olam
−
30 avgust 2025 3714 1 daqiqa
Germaniya G‘azo sektoridagi halokatli gumanitar vaziyat fonida Yevropa Ittifoqining Isroilga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashga hozircha tayyor emas. Bu haqda bugun, 30 avgust kuni Germaniya Tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful ma’lum qildi.
Yevrokomissiya Isroil kompaniyalarining ilmiy tadqiqotlarini moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishni taklif qildi, bunda Yevropa Ittifoqi ekspertlarining xulosasiga tayanib, Isroilning mintaqadagi harakatlari inson huquqlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va Isroil o‘rtasidagi kelishuvni buzadi.
Biroq, Vadefulga ko‘ra, bunday choralar Isroilning G‘azo sektoridagi siyosiy qarorlari va harbiy harakatlariga ta’sir qilishi dargumon.
“Shuning uchun Germaniya bu tashabbusning to‘g‘riligiga ishonchi komil emas”, deb tushuntirdi vazir.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining aytishicha, Berlin buning o‘rniga Isroilga qurol yetkazib berishni cheklamoqda.
“Men buni juda maqsadli, muhim va zarur chora, deb bilaman”, dedi u.
Yevropa Ittifoqi davlatlari G‘azodagi urush va mintaqada kuchayib borayotgan gumanitar inqirozga qanday munosabatda bo‘lish borasida ikkiga bo‘lingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining 500 dan ortiq xodimi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk va Bosh kotib Antoniu Guterrishga murojaat qilib, Isroilning G‘azodagi harakatlarini “genotsid” deb tan olishni talab qildi.
Live
Barchasi