Germaniya va Portugaliya Yevro-2024'dagi yurishini to‘xtatdi

Sport

image

Kecha, 5 iyul kuni Germaniya mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining chorak final o‘yinlari boshlandi. Mazkur bosqich doirasida 2 ta o‘yin yakunlandi.

Mezbon Germaniya Ispaniya bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi yurishini to‘xtatdi. Uchrashuvning 51-daqiqasida ispanlardan Dani Olmo hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqada Florian Virs hisobdagi muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda hisob durang bilan yakunlangach, hakam ekstra taymlarga ruxsat berdi. E’tiborlisi, qo‘shimcha daqiqalarning oxirrog‘ida “qizil furiya” a’zosi Mikel Merino “bundestim” darvozasini ishg‘ol qilib, Ispaniyani yarim finalga olib chiqdi.

Ikkinchi yarim finalda Yevro-2016 finalchilari Fransiya va Portugaliya to‘qnash keladi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad fransuzlarga kulib boqdi.

Shunday qilib, Yevropa chempionatida dastlabki yarim final juftligi shakllandi. 10 iyul kuni Ispaniya va Fransiya final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Portugaliya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made