Germaniya va Fransiya Donbass aholisiga tovon to‘lashi kerak – Volodin

Olam

image

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelning Minsk kelishuvlarini ataylab bajarmaganlik haqidagi bayonotidan keyin Germaniya va Fransiya Donbass aholisiga tovon puli to‘lashi kerak. Bu fikrni Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bildirdi.

“Merkel tan olinganidan keyin Germaniya va Fransiya Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar uchun ma’naviy va moddiy javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi. Ular Donbass aholisiga sakkiz yillik genotsid va zarar uchun tovon to‘lashlari kerak bo‘ladi. Lekin bu faqat boshlanishi”, deb yozadi Volodin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Davlat Dumasi spikeriga ko‘ra, xalqaro shartnomani imzolash natijasida o‘z zimmasiga olgan avvaldan rejalashtirilgan majburiyatlarni bajarmaslik nafaqat ishonchni yo‘qotish, balki “Minsk bitimlarini imzolagan davlatlar uchun jinoyatdir. Merkel, (Fransiyaning sobiq Prezidenti Fransua) Olland  va (Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr) Poroshenko” javob berishi kerak.

“Birinchidan, 2014 yilda Germaniya va Fransiya Tashqi ishlar vazirlari voqealar tinch yo‘l bilan rivojlanishining kafolati sifatida Ukrainaning qonuniy hokimiyati va muxolifati o‘rtasida kelishuv hujjatini imzoladilar. Bularning barchasi Kiyevdagi davlat to‘ntarishi va Donbass 6 million aholisining genotsidi bilan yakunlandi”, deydi Volodin.

Uning fikricha, yevropaliklar paydo bo‘lgan muammolar: issiqlik, elektr energiyasi yetishmasligi, ulkan inflyatsiya, korxonalarni yopish uchun kimga qarzdor ekanliklarini bilishlari kerak.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing