Germaniya Ukrainaga yana 20 ta Marder piyoda jangovar mashinasini berdi

Olam

image

Germaniya Ukrainaga yana 20 ta Marder piyoda jangovar mashinasini jo‘natdi. Bu haqda mamlakat hukumati veb-saytida ma’lum qilindi.

Keltirilishicha, Ukraina Germaniyadan yana 3000 ta 155 mm artilleriya snaryadlari, ikkita Wisent 1 zirhli minadan tozalash mashinasi va portlovchi moddalarni utilizatsiya qilish uchun materiallar olgan. Shuningdek, 20 ta Marder piyoda jangovar mashinasi ham jo‘natilgan. Natijada Berlin tomonidan yetkazib berilgan ushbu turdagi avtomobillarning umumiy soni 60 taga yetgan.

Bundan tashqari, yangi yordam paketi Satcom sun’iy yo‘ldoshli kuzatuv tizimi, 20 ta RQ-35 Heidrun razvedkachi dronlari, ikkita mobil antenna va 10 ta dronni aniqlash tizimini o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, 14 xil yuk mashinasi, beshta tirkama, uchta tez yordam mashinasi va 1,5 million o‘q-dorilar ham sovg‘a qilingan.

Marder piyoda jangovar mashinalari 1970 yildan beri nemis armiyasi xizmatida bo‘lib kelgan, ammo so‘nggi yillarda ular bir necha bor modernizatsiya qilingan, shuning uchun yangi modellar oldingi modellardan sezilarli darajada farq qiladi. Ushbu transport vositalari soatiga 65 km tezlikka erishadi, oltidan yetti nafargacha piyoda askarlarni tashishga, yerdagi va pastda uchadigan nishonlarga zarba berishga qodir.

Modifikatsiyaga qarab, Marder 890 ming yevrodan 1,5 million yevrogacha turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Marder Wisent 1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing