Germaniya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordamni yetkazib berdi

Olam

image

Germaniya Ukrainaga yana 5 ta “Bergepanzer 2” zirhli qutqaruv mashinasi va 7 ta ponton tizimlarini yetkazib berdi. Bu haqda Germaniya hukumati veb-saytidagi Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida keltirilgan.

Qayd etilishicha, Ukraina tomoni Germaniyadan yana 100 ta chodir va 183 ta generator, shuningdek, 116 ming qishki kurtka, 80 ming juft qishki shim olgan. Bundan tashqari, Ukraina harbiy xizmatchilar uchun 240 ming qishki bosh kiyim va o‘q otish qurollari uchun 167 ming patronni qabul qilib olgan.

Shuningdek, kelajakda Germaniya Ukrainaga 5 ta Dachs muhandislik tanki, 35 ta to‘liq uzatmali og‘ir yuk mashinalari va 4000 ta uxlash uchun mo‘ljallangan xaltalarni jo‘natmoqchi.

Rasmiy Berlin yetkazib berishning aniq sanasini ma’lum qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga 500 million yevro miqdoridagi harbiy yordamning yangi transhini ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing