Germaniya Ukrainaga Marder jangovar mashinalarining yangi partiyasini yuboradi
Olam
−
09 aprel
5165Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni federal hukumatdan Ukrainaga yana 20 ta Marder piyoda jangovar mashinasini yetkazib berish bo‘yicha buyruq oldi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni e’lon qilingan kompaniya press-relizida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, o‘rta darajadagi ikki raqamli millionlik buyurtma mart oyida berilgan va joriy yil davomida Kiyevga qo‘shimcha piyoda jangovar mashinalar yetkazib beriladi.
Rheinmetall allaqachon uch xonali miqdordagi Marder’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aylanma yetkazib berish orqali Ukrainaga o‘tkazgan. Hozirda Germaniya hukumati tomonidan buyurtma qilingan 1A3 modeli samarali va aniq nishonga olish uchun lazer masofa o‘lchagichni o‘z ichiga oladi.
“Rheinmetall o‘tgan yilning mart oyida Ukrainaga ushbu turdagi dastlabki 20 ta mashinani topshirdi. O‘shandan beri ushbu uskunaning yana bir nechta partiyasi Kiyevga o‘tkazildi, ularning har biri ikki xonali hajmda”, deyiladi press-relizda.
Rheinmetall konserni Bundesver arsenalidan eskirgan Marder 1A3 piyoda jangovar mashinalarini oldi. 2022 yil boshida kompaniya ushbu uskunani o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlashni boshladi. Unterlyuss va Kasseldagi zavodlarda ta’mirlash ishlari bugungi kungacha davom etmoqda.
Bundesver uchun ishlab chiqilgan Marder IFV dunyodagi eng samarali va ishonchli piyoda jangovar mashinalaridan biri hisoblanadi. Bundesver tomonidan foydalanish paytida ushbu transport vositasi bir necha bor modernizatsiya qilingan va mustahkamlangan.
Hozirgi vaqtda Bundesverda 300 dan ortiq Puma piyoda jangovar mashinalari mavjud bo‘lib, ular ushbu turdagi zamonaviyroq transport vositalaridir va ular asta-sekin Marder’ni o‘rnini egallashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyun oyida Rheinmetall mudofaa konserni rahbari Armin Papperger RND’ga bergan intervyusida Ukrainada qurilayotgan zavodda eng yangi nemis Panther KF51 tankini ishlab chiqarish 15-20 oy ichida boshlanishi mumkinligini aytgandi.