Germaniya Ukrainaga 1 mlrd yevrolik havo hujumidan mudofaa tizimlarini beradi

Olam

image

Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga bir milliard yevrodan ortiq harbiy yordam paketi taqdim etilishini e’lon qildi. Bu haqda vazirlik saytida keltirilgan.

"Germaniya kelajakda Ukrainaga eng zarur bo‘lgan narsalar bilan yordam berishda davom etadi”, deydi Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius.

Qayd etilishicha, qishda muhim infratuzilmani himoya qilish uchun Ukraina umumiy qiymati 1 milliard yevroga teng Patriot, IRIS-T va Gepard havo mudofaa tizimlarini oladi.

Paketga harbiy xizmatchilar uchun 20 million yevrolik qurol-yarog‘, transport vositalari va jihozlar ham kiritilgan.

Patriot tizimi Kiyevga Bundesver zaxiralaridan taqdim etiladi va boshqaruv stansiyasi, radar moslamasi, sakkizta uchirish moslamasi va 60 dan ortiq raketalarni o‘z ichiga oladi.

“Uni boshqaradigan ukrainalik harbiylarni tayyorlash yaqin haftalarda boshlanadi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Germaniya  IRIS-T SLM o‘rta masofali zenit-raketa tizimi va bitta IRIS-T SLS qisqa masofali havo mudofaa tizimini raketalar bilan ta’minlaydi.

Vazirlikning bildirishicha, ushbu ta’minot bilan Germaniya o‘tgan oylarda Ukrainaga bergan va’dalarini bajaradi.

"Qayd etishi kerakki, o‘q-dorilarni yetkazib berish to‘xtamayapti, hozirda 155 mm kalibrli snaryadlarni jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, yaqin haftalarda Ukraina yana 10 ta  Leopard 1A5 tanki, uchta Gepard zenit quroli, 15 ta zirhli yuk mashinasi va 20 ta zirhli tibbiy mashina oladi", deyilgan bu haqdagi ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning vaqtinchalik byudjetiga kiritilmagan bo‘lsa-da, Vashington Kiyevga 200 million dollarlik yangi yordam paketini e’lon qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina mudofaa tizimlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing