Germaniya TIV rahbari stilist xizmatiga kuniga qariyb 9000 yevro sarflaydi – “Bild”
Olam
−
18 iyul 2023
7463Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 2022 yilda stilist xizmatiga taxminan 136,5 ming yevro sarflagan. U stilistga kuniga 8925 yevro miqdorida pul to‘lagan. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
2023 yilning birinchi yarmida sartaroshlar, vizajistlar, kosmetologlar va fotograflar xizmatlari uchun Germaniya kabinetining xarajatlari deyarli 500 ming yevroni tashkil qilgan.
Nashrning qayd etishicha, o‘tgan yili Berbok stilist xizmati uchun kuniga 8925 yevro (taxminan 117 million 210 ming so‘m) ishlatgan.
Professor Kristian Xillgruberning so‘zlariga ko‘ra, federal hukumatning bunday xarajatlari ancha shubhali.
U Germaniya hukumatiga jamoatchilik bilan aloqalarida tashqi ko‘rinishga e’tibor berish o‘rniga, muloqot shakli va mazmuniga ko‘proq e’tibor berishni maslahat berdi.