Germaniya saylov arafasida Rossiya xakerlarining faolligidan xavotirda 

Olam

image

Germaniyada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan kiberhujumlar kuzatilmoqda. Xakerlar faolligining aksari Rossiya tarafdan kelmoqda. OAVda tarqalgan ushbu xabarlarni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Andrea Zasse tasdiqladi

“Rossiya hukumatini bunday xatti-harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan chaqiruv oxirgi marta, 2 va 3 sentyabrda bo‘lib o‘tgan xavfsizlik siyosati bo‘yicha Germaniya-Rossiya ishchi guruhining yig‘ilishida amalga oshirilgan”, deydi Zasse. 

Biroq, Zasse aynan qanday kiberhujumlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

“Men sizga faqat bizning bahoimizni ayta olaman – bunday xatti-harakatlar mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Federal hukumat keyingi choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning sentyabr oyi oxirida Germaniya Federativ Respublikasida parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yili AQSHda bo‘lib o‘tgan prezidentlik sayloviga ham Rossiya aralashgan, xakerlari saylov natijalariga ta’sir o‘tkazgan, degan ayblovlar bo‘lgandi. Biroq ular oradan shuncha vaqt o‘tib ham isbotini topmadi va ayblovligicha qolib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Berlin xaker

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing