Germaniya ruslarga viza bermaslik masalasida qaysi tarafdaligi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Germaniya rossiyaliklar uchun Shengen vizalarini berishni taqiqlashni Rossiyani zaiflashtirish uchun oqilona va maqsadga muvofiq chora deb hisoblamaydi va bu tashabbusga qarshi chiqadi. Bu haqda bugun, 29 avgust kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili Kristofer Burger ma’lum qildi.

“Federal hukumat nuqtai nazaridan, Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga viza berishni umumiy taqiqlash oqilona deb hisoblanmaydi. Lekin biz bu borada Yevropa Ittifoqida turlicha qarashlar mavjudligini tushunamiz, chunki YeIga a’zo turli davlatlarda vaziyat turlicha. Bir-birimizni eshitish va hamma uchun maqbul bo‘lgan yechimlarni izlash muhim”, deydi Germaniya TIV vakili.

Shuningdek, Burger ushbu masala bo‘yicha barcha dalillarni tinglash muhimligini ta’kidlagan.

“Pragada bo‘lajak yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari bu masalada murosaga kelishga harakat qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel rossiyaliklar uchun Yevropa Ittifoqiga vizalar berishni butunlay taqiqlash yaxshi taklif emasligini aytgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

314

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing