Germaniya Rossiyadan qanday qilib gaz olishi mumkinligi aytildi
Olam
−
25 mart 2022
26304Germaniya Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashi mumkin, biroq bunda u Rossiya Markaziy bankidan rubl olishi va shu orqali o‘zining sanksiyalarini chetlab o‘tishi kerak. Bu haqda Germaniya Bundestagining iqlim va energetika bo‘yicha qo‘mitasi rahbari, So‘l partiya a’zosi Klaus Ernst RBK nashriga bilan suhbatda ta’kidladi.
“Germaniya Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashi mumkin, biroq bunda u Rossiya Markaziy bankidan rubl olishi va shu orqali o‘zining sanksiyalarini chetlab o‘tishi kerak. Bundan tashqari, rublda to‘lash majburiyati gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarning buzilishi bo‘lishi mumkin”, deydi u.
Klaus Ernstning qayd etishicha, Rossiyaning xorijdagi aktivlarini muzlatish Rossiya Federatsiyasi bilan kelishuvlarni buzish sifatida baholanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga tabiiy gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublda qabul qilishga ko‘rsatma bergandi. Unga ko‘ra, Rossiya tomonining endilikda Yevropa Ittifoqi va AQSHga mahalliy tovarlarni dollar va yevroda yetkazib berishidan ma’no yo‘q.
“Shuning uchun, MEN do‘st bo‘lmagan davlatlarga yetkazib berilayotgan tabiiy gazimiz uchun to‘lovlarni qisqa vaqt ichida Rossiya rubliga o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaror qildim”, deya ta’kidlagan Putin.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning do‘st bo‘lmagan davlatlar bilan gaz hisob-kitoblari rublga aylantirilgach, xorijiy iste’molchilar zarur operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ya’ni gaz sotib olishni xohlagan davlat avvalo Rossiyadan rubl olishi lozim.
Ma’lumot uchun, G‘arb mamlakatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiyani har tomondan siquvga olib, og‘ir sanksiyalarni qo‘llay boshladi. Rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Millarderlarning ham chet eldagi ko‘plab hisoblari muzlatildi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi.
Bunday sanksiyalarga Rossiya ham jim qarab turmayapti. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi 15 mart kuni AQSHga qarshi javob sanksiyalarni e’lon qildi. Moskva “qora ro‘yxat”ga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, AQSH Prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden va boshqalarni kiritgan.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish davom etmoqda.
LiveBarchasi