Germaniya Rossiya bilan murosa qilishga majbur

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya yangi gaz manbalarini qidirmoqda lekin Rossiya gazini olishni to‘xtatmoqchi emas. Bu haqda kecha, 1 sentyabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Essen shahrida fuqarolar bilan bo‘lgan tadbirda ma’lum qildi.

"Biz gaz ta’minoti bilan bog‘liq vaziyatni yengib o‘tamiz. Lekin Rossiyadan keladigan oz miqdordagi gazni ham rad qilsak, buni qilish qiyinroq bo‘ladi. Biz hayotimizni behuda murakkablashtirmasligimiz kerak, bu mening shaxsiy ishonchim” deydi Shols.

Kansler Germaniyaning energetik inqirozdan omon qola olishiga ishonchini Germaniyaning gaz omborlarini to‘ldirish, ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalarini ishga tushirish va suyultirilgan tabiiy gaz terminallarini qurish masalalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqqani bilan izohlagan.

“Ayni paytda davlat hech qachon gazga qaram bo‘lmaslik uchun infratuzilmani kengaytirishi kerak. Buning uchun Janubiy Yevropadan quvurlar talab qilinadi. Misol uchun Ispaniya va Portugaliyadan”, deydi Germaniya kansleri.

Shuningdek, Shols Rossiya ishtirokisiz yangi gaz manbalarini Afrika, yaqin Osiyodan olish ko‘rib chiqilayotganini, bu jahon bozorini ham, Germaniyani ham qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Bundan tashqari, u Yevropa Ittifoqi gaz importiga nima uchun sanksiyalar kiritmaganini tushuntirgan. Uning fikricha, bu birinchi navbatda Germaniya emas, balki G‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan bog‘liq. Chunki ba’zi YeI davlatlari tezda yangi gaz muqobilini topolmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari birgalikda oltita sanksiyalar paketini, jumladan, ko‘mir va neftga embargoni qabul qildi. Yetkazib berish zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQSHda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 avgustida Yevropada gaz narxi 1000 kub metr uchun 3200 dollardan oshgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing