Germaniya razvedkasining sobiq rahbari josuslikda gumonlanmoqda – “Bild”

Olam

−

image

Germaniya Federal razvedka xizmatining (BND) sobiq rahbari Avgust Hanning josuslikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya razvedkasining sobiq rahbari davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni yig‘ishda, shuningdek, davlatga xoinlik qilish va xorijiy mamlakat foydasiga josuslik qilishda gumonlanmoqda.

“Hanning BND rahbariyat shtabining yaqinda iste’foga chiqqan xodimidan maxfiy ma’lumotlarni “keyinchalik qayta sotish” maqsadida sotib olgan. Hanning va uning ehtimoliy sherigiga nisbatan tergovni federal bosh prokuror olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Hanning 1998 yildan 2005 yilgacha BND’ga rahbarlik qilgan – butun dunyo bo‘ylab xavfsizlik va biznes sohalarida konsultant sifatida faoliyat yuritgan. U, shuningdek, Rossiya va Xitoy bilan, jumladan, ushbu mamlakatlarning davlat tuzilmalari bilan aloqalarga ega bo‘lgan.

So‘nggi vaqtlarda u kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi bankning kasodga uchrashi sababli moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) Kaliforniyada yashovchi 34 yoshli ayolni Xitoy rasmiylari topshirig‘iga binoan Tayvan Prezidenti Lay Sindening o‘g‘illaridan birini kuzatganlikda ayblab, hibsga olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing