Germaniya kansleri Bayden bilan ishlashning uch ustuvor yo‘nalishini ma’lum qildi

Olam

image

Bugun, 9 noyabr kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Jo Bayden davrida AQSH bilan ishlashning uchta ustuvor yo‘nalishini ma’lum qildi.

“Koronavirus pandemiyasi sinovlarida, iqlim isishi va uning global oqibatlariga hamda terrorizmga qarshi kurashda yelkama-yelka”, dedi Merkel hamkorlik rejalari haqida to‘xtalib o‘tkar ekan. U Germaniya va Qo‘shma Shtatlar ochiq dunyo iqtisodiyoti va erkin savdo-sotiqni rivojlantirishda birgalikda ishlashiga umid bildirdi.

Angela Merkel o‘z nutqida Baydenning Yevropa va Germaniya bilan ishlashdagi tajriba va bilimini alohida e’tirof etdi.

Saylov natijalari oydinlashmasidan oldin, 4 noyabr kuni Bundestag tashqi siyosat qo‘mitasi raisi Norbert Ryottgen Germaniya Donald Trampning Qo‘shma Shtatlardagi yana to‘rt yillik prezidentligiga tayyor emasligini, amaldagi Amerika rahbarining joriy saylovlarda g‘alaba qozonishi Germaniya uchun jiddiy muammo bo‘lishini e’lon qilgan edi.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing