Germaniya Isroildan havo mudofaa tizimini sotib oladi

Olam

image

Germaniya parlamenti (Bundestag)ning Byudjet qo‘mitasi Isroilda ishlab chiqarilgan havo mudofaa tizimini sotib olish uchun birinchi transhni ajratdi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 14 iyun kuni Bundestag Isroilda ishlab chiqarilgan  “Strela-3” havo mudofaa tizimini sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larning dastlabki 560 million yevro miqdoridagi transhini e’lon qilgan.

“Strela-3” tizimi Isroilda 2017 yildan beri “Temir gumbaz” mudofaa tarmog‘ining bir qismi sifatida qo‘llanilmoqda. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Berlin 2023 yil oxirigacha “Strela-3” tizimi uchun majburiy shartnomani ta’minlashni maqsad qilgan. Keyinchalik u 2025 yil oxirigacha to‘liq ishga tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Strela-3” tizimi Isroil aerokosmik sanoati va AQSHning gigantlaridan biri bo‘lgan Boeing kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqarilgan. Mazkur mudofaa tizimi 2400 kilometr aniqlikdagi havo maydoni himoyasini ta’minlay oladi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Isroil havo mudofaa tizimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing