Germaniya bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlandi
Olam
−
27 Sentabr 2022
26571Germaniya sharqidagi federal o‘lkalarda narxlar oshishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Meklenburg-Vonpomeraniya federal hududidagi 20 ta joyda jami 11 mingga yaqin odam to‘plangan.
Noybrandenburg shahrida namoyishchilar Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish va energiya narxini cheklashni talab qilgan.
Shverin shahrida esa namoyishchilar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurini ishga tushirishni so‘rab namoyish o‘tkazgan.
Shuningdek, Saksoniyaning Leypsig shahrida 1000 ga yaqin namoyishchi to‘plangan.
Qayd etish joizki, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan keyin Yevropada energiya narxining oshishi oqibatida Germaniyada muntazam ravishda federal hukumat siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazib kelinmoqda.
Hozirgi norozilik namoyishlari 1989 yilda GDRning intihosi kelgan vaqtlardagi dushanba kungi namoyishlar an’anasini davom ettiryapti.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi