Gepatit “S” bilan kasallangan bemorlar to‘liq davlat hisobidan davolanadi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2023
4630O‘zbekistonda virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni hamda gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan:
- onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etiladi;
- virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni hamda gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolash yo‘lga qo‘yiladi.
- 2023 yil 1 oktyabrdan og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo‘lgan har bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi”ni yuritish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan:
- Toshkent shahrining tibbiyot muassasalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar hajmi va dori vositalari ro‘yxatini amaliyotga kiritishni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya hamda dori vositalari bilan ta’minlash ishlari “vaucher” tizimi asosida tashkil etiladi;
- og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qayta kasbga tayyorlash xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr