Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
19 noyabr 2021
3631O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga muvofiq, genom bo‘yicha davlat ro‘yxati IIVning Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan yuritiladi.
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish – biologik materialdan foydalanish, odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani aniqlash uchun genomga oid axborotga ishlov berish bilan bog‘liq faoliyat.
Quyidagilar genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatga olinadi:
• og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat, 16 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish va ularga uyatsiz harakatlar qilish bilan bog‘liq jinoyat sodir qilganlar;
• og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida jalb qilinganlar;
• tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida biologik material olingan aniqlanmagan shaxslar;
• tanib olinmagan murdalar.
Jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatga olinadigan shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi.
Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish fuqarolarning yozma arizasiga ko‘ra pullik amalga oshiriladi.
Mazkur tartib 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
LiveBarchasi