Geely brendi 3 ta yangi modelini taqdim etdi
Biznes
−
15:00 2075 3 daqiqa
2026 yil 5 fevral kuni Toshkent shahrida Geely brendi O‘zbekistonda “Farovon hayot uchun” shiori ostida yangi modellarning yirik taqdimot tadbirini o‘tkazdi va uchta modelni rasman taqdim etdi. Bular – Geely EX5, Geely EX5 EM-i va Monjaro.
Ushbu taqdimot 2025 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan Toshkent Xalqaro Avtoko‘rgazmasidagi Geely debyutidan keyingi navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi. Brend taqdimoti Markaziy Osiyo bozorida Geely’ning mahalliylashtirish strategiyasida katta qadam tashlanganini ham anglatadi. Geely O‘zbekistondagi iste’molchilarga avtomobillar bo‘yicha yanada keng va ekologik toza tanlovlarni taqdim etadi, shu bilan birga mahalliy avtomobil sanoatini modernizatsiya qilish va “yashil harakatlanish” ekotizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Tadbir kuni ko‘plab avtomobil ishqibozlari, soha yetakchilari hamda taniqli ommaviy axborot vositalari jam bo‘lib, Geely’ning yangi modelarining bozorga chiqishiga guvoh bo‘lishdi. Geely EX5 ilg‘or texnologiya, zamonaviy dizayn va yuqori energiya samaradorligini o‘zida birlashtirgan to‘liq elektr modeldir. U Euro NCAP va ANCAP tashkilotlaridan bir vaqtning o‘zida ikki karra besh yulduzli xavfsizlik bahosini olgan Geely’ning ilk modeli bo‘lib, kundalik elektromobillarda harakatlanish standartlarini yangidan belgilashni maqsad qiladi.

Geely EX5 EM-i dunyoda ommaviy ishlab chiqariladigan plagin-gibrid SUVlar orasida eng past yoqilg‘i sarfiga ega model hisoblanadi. Sanoatdagi yetakchi EM-i Super Hybrid tizimi bilan jihozlangan ushbu model 105 km sof elektr yurish zaxirasini hamda zaryad saqlash (charge-sustaining) rejimida 4,3 L/100 km yoqilg‘i sarfini ta’minlab, o‘z sinfida yangi mezonlarni o‘rnatadi.

Flagman premium SUV bo‘lgan Monjaro esa so‘nggi to‘rt yil ichida umumiy global savdosi 930 ming donadan oshib, bozordagi kuchli raqobatbardoshligini namoyon etdi. Taqdimot tadbiri texnologik estetika va vizual san’at uyg‘unligida tashkil etilib, Geely’ning “barqaror harakatlanish yetakchisi” sifatidagi strategik pozitsiyasini yorqin tarzda ko‘rsatdi.

Bugunga kelib, Geely O‘zbekistonning yirik shaharlarida, jumladan Toshkent, Buxoro va Farg‘onada bir nechta savdo va servis shoxobchalarini tashkil etdi. Markaziy Osiyodagi sotuv rejalarining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida Geely mahalliy hamkorlar bilan birgalikda mahalliy zavod qurishni ham rejalashtirmoqda. Bu loyiha butun Markaziy Osiyo mintaqasini qamrab oladigan ta’minot zanjiri va ishlab chiqarish markazini shakllantirishga, shuningdek, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus mintaqaviy avtomobil sanoati rivojiga ko‘maklashadi va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Sotuvdan keyingi qo‘llab-quvvatlash tizimi ham keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozirda Geely O‘zbekistonda 800 kvadrat metr maydonga ega markaziy ehtiyot qismlar omborini tashkil etib, 500 turdagi ehtiyot qismlar kategoriyasini zaxirada saqlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Geely brendiga 1986 yilda asos solingan va u 1997 yildan beri avtosanoatda muhim o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Geely Holding tarkibiga Geely Auto (jumladan, Geely Galaxy), ZEEKR, Lynk & Co, Volvo Cars, Polestar, Lotus, LEVC (London Electric Vehicle Company) va Farizon (tijorat NEV) kabi brendlar kiradi. Shuningdek, guruh o‘z portfeli doirasiga bevosita kiritadigan hamkorlik va investitsion aktivlar ham mavjud. Ular qatoridan SMART va PROTON brendlari ham bor. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Geely Holdingga tegishli barcha brendlari bo‘yicha jami sotuv 4,11 mln avtomobildan oshdi.

O‘zbekistondagi avto ixlosmandlari uchun Geely brending rasman kirib kelishi, birinchi navbatda, rasmiy savdo, kafolat, va servis tizimi, yangi zamonaviy modellar bilan tanishish hamda Geely global bozor uchun joriy etayotgan yuqori standartlarining O‘zbekistonga ham tatbiq etilishi demakdir. O‘zbekiston bozorida Geely’dan xavfsizlik va muhandislikning yuqori darajasidagi mahsulotlarga bo‘lgan urg‘uni kutish mumkin.
Geely’ning O‘zbekistondagi rasmiy bo‘limi hamda sotuvga chiqarilgan modellari haqidagi batafsil ma’lumotlarni quyidagi manbalardan olishingiz mumkin:
Call-markaz: +998555100290 (2299)
Live
Barchasi