“Gazprom” O‘zbekiston bilan yana 15 yillik shartnoma tuzadi

Jamiyat

image

“Gazprom” 2024 yilning yozida bo‘ladigan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller kompaniyaning yangi yil oldidan o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishida ma’lum qildi.

Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berish allaqachon teskari rejimda “Markaziy Osiyo-Markaz” gaz quvuri orqali allaqachon boshlangan. “UzGasTrade” AJ va “Gazprom Eksport” MCHJ o‘rtasidagi ikki yillik shartnoma asosida kuniga 9 million kub metr, jami yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

“Biz Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan kelishib olgan o‘rta muddatli o‘n besh yillik shartnomalar kelasi yilning o‘rtalarida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tuziladi. 2025 yilning 1 noyabridan boshlab ushbu kelishuv bo‘yicha Markaziy Osiyo respublikalariga ishonchli va barqaror gaz ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi”, degan rais.

Dekabr oyida teskari quvvatning birinchi bosqichi to‘liq tiklangan. Millerning eslatishicha, O‘zbekistonga kelgan anomal sovuqlar gaz yetkazib berish hajmining oshishiga olib kelgan. Bu esa kunlik shartnoma majburiyatlari ko‘rsatkichlarini ikki baravarga oshiradi.

Shuningdek, MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitidan so‘ng Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va O‘zbekiston yetakchilari 26 dekabr kuni kechqurun Sankt-Peterburgda gaz sohasidagi hamkorlikni alohida muhokama qilgani xabar berilgandi.

27 dekabr kuni esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Gazprom” rahbari bilan gaplashib olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida Rossiya O‘zbekiston bilan gaz bo‘yicha 15 yillik shartnoma tuzmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made