G‘azoni yolg‘iz qoldirdik – Gvardiola (video)

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiysi, ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola Barselonada Falastinni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan xayriya kampaniyasi doirasida o‘tkazilgan konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda “The Canary” nashri xabar berdi.

Pep Gvardiola Falastin sharfini taqib, nutqini arab tilida boshlab, “Sizga tinchlik bo‘lsin”, deya murojaat qildi. Gvardiola o‘z nutqida bombardimon qilingan uylar vayronalari ostida ota-onasidan ayrilgan falastinlik bolalar taqdiriga to‘xtalib o‘tdi:

“Oxirgi ikki yil davomida ijtimoiy tarmoqlar va televizorda vayronalar orasida: onam qayerda? – deb yordam so‘rab, o‘zini videoga olayotgan bolani ko‘rganimda, doim bir xil fikr keladi. U hali ham onasining qayerda ekanini bilmaydi”, deydi murabbiy nutqida.

Shuningdek, u siyosiy yetakchilarni keskin tanqid qilib, ularni qo‘rqoq deb atadi:

“Rasmiylar qo‘rqoq. Chunki ular begunoh odamlarni boshqa begunoh insonlarni o‘ldirish uchun yuborishadi, o‘zlari esa sovuqda isitish tizimi, issiqda konditsioner yoqilgan uylarida bemalol o‘tirishadi”,  deydi Pep Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pep Gvardiola 2025 yilning 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Kataloniya va Falastin o‘rtasidagi xayriya, o‘rtoqlik o‘yini oldidan stadionni to‘ldirishga chaqirgan va bu uchrashuvning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pep Gvardiola Falastin “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing