G‘azoni qurolsizlantirish va qayta qurish kerak – Netanyaxu 

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorini qurolsizlantirib, yangidan tiklagandan keyin u yerda radikal elementlarga joy bo‘lmasligi kerakligini aytdi. Bu haqda u kecha, 9 noyabr kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Menga G‘azoning kelajagi qanday bo‘lishi aniq ko‘rinadi. Bu jang oxirida HAMAS yo‘q bo‘lib ketadi, biz HAMASni nafaqat o‘zimiz, balki sivilizatsiya uchun ham yo‘q qilamiz. Falastinliklar va isroilliklar uchun ham yo‘q qilamiz. Biz G‘azoning qurolsizlantirilgani, radikal elementlardan tozalangani va qayta tiklanganini ko‘rmoqchimiz”, degan Netanyaxu. 

Hukumat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Isroil Falastin anklavini qo‘lga kiritish, bosib olish yoki boshqarishga intilmaydi. 

“Bir muncha vaqt Isroilga ishonchli kuch kerak bo‘ladi, agar kerak bo‘lsa, HAMASning qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun G‘azoga kirib, qotillarni o‘ldiradi. Mening umidlarim – G‘azo xalqi uchun qayta qurilgan G‘azo”, deya xulosa qilgan Bosh vazir.

Qayd etish joizki, g‘azoliklar uchun qayg‘urishini da’vo qilayotgan Netanyaxu boshchiligidagi Isroilning bombardimonlari oqibatida G‘azoda halok bo‘lganlar soni 10 812 kishiga yetgan, ulardan 4 412 nafari bolalar. Yaradorlar esa 26 905 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing