G‘azoda sovuqdan 21 bola qurbon bo‘ldi
Olam
−
13 yanvar 750 1 daqiqa
2023 yil 8 oktyabr, Isroil falastinliklar ustidan qirg‘in qurolini ishga tushirgandan beri kuchli sovuq tufayli 24 nafar falastinlik, shundan 21 nafari bola, vafot etdi. Bu haqda G‘azo sektori hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, G‘azo sektorini qamrab olgan past atmosfera bosimi va sovuq havo oqimi insonparvarlik falokatiga sabab bo‘lgan.
“Qish mavsumi (2026 yil – tahr.) boshlanganidan buyon kuchli sovuq tufayli 7 nafar bola hayotdan ko‘z yumdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Falastin anklavida genotsid boshlangandan beri kuchli sovuq oqibatida 24 falastinlik, jumladan 21 nafar bola vafot etgani qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlari oqibatida 5 nafar falastinlik halok bo‘lgan, yana 6 kishi jarohat olgan.
2025 yil 10 oktyabrda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganidan beri Isroil hujumlari oqibatida 447 kishi halok bo‘lgan, yana 1246 kishi jarohatlangan.
2023 yil oktyabrda boshlangan Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 71 424 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 171 324 nafarga etdi.
Live
Barchasi