G‘azoda qurbonlar soni qariyb 34 mingga yetdi

Olam

image

2023 yilning 7 oktyabridan beri Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 33 970 nafarga yetdi. 

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, Isroilning G‘azo sektoriga 195 kunlik hujumlari hisoboti keltirildi. 

Bayonotda Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida oxirgi 24 soat ichida 71 falastinlik halok bo‘lgani, 106 nafar falastinlik jarohat olgani aytilgan. 

Bu hisobotga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 33 ming 970 nafarga, yaralanganlar soni esa 76 ming 770 nafarga yetgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetlarida hamon qurbonlar borligi, ammo Isroil harbiylarining to‘siqlari tufayli tibbiy guruhlar va fuqarolik mudofaa xodimlarining jasadlarga yetib bora olmagani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing