G‘azoda insoniyat dramasi sodir bo‘lmoqda – Turkiya vitse-prezidenti
Intervyu
−
02 may
2947G‘azo sektoridagi insoniyat dramasi sodir bo‘lmoqda. Butun dunyo yurakni ezayotgan sahnalarga guvoh bo‘lmoqda. Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz Toshkentga safari davomida QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova bilan suhbatda so‘z ochdi.
“U yerda, albatta, insoniyat dramasi sodir bo‘lmoqda. Hammamizni yuragimizni ezayotgan sahnalarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Eng qisqa fursatda o‘sha yerdagi qiynoqlar to‘xtashini umid qilib qolamiz”, dedi Yilmaz.
Uning aytishicha, birinchi o‘rinda G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilishi kerak. Shundan so‘ng esa insoniylikdan chetda bo‘lgan to‘qnashuvlar tugashi kerak.
“Boshqa tomondan, u yerda yashayotgan begunoh aholiga ham tez fursatda gumanitar yordam yetkazilishi kerak. O‘t ochish to‘xtab, gumanitar yordam yetkazilgandan keyin ham barqaror bir yechim, barqaror bir tinchlik uchun nima qilish kerak bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak. Turkiya o‘laroq, biz ham gumanitar yordam bo‘yicha birinchilar qatoridamiz. Ba’zida birinchi, ba’zida ikkinchi o‘rinda bo‘lmoqdamiz. Har qanday kuchimizni sarflayapmiz, o‘t ochishni to‘xtatish uchun ham har qanday diplomatik harakatlarni amalga oshirmoqdamiz. Tinchlik o‘rnatish jarayoni, barqaror bir yechim jarayoni, siyosiy bir yechim jarayonlari oldinga yursa, bunday paytda kafil bo‘luvchi mamlakat bo‘lishga va har qanday chora-tadbirlar amalga oshirishga tayyormiz”, dedi Turkiya vitse-prezidenti.
Yilmaz Xalqaro sudda ushbu mavzu huquqiy jihatdan muhokama qilinayotgani, Isroil davlati boshqaruvi sud ishida ko‘rib chiqilayotganini eslatdi.
“Turkiya sifatida biz ham u yerdagi da’voga qo‘shilamiz, biz ham bu ishning bir bo‘lagi bo‘lamiz va kuzatib turamiz”, dedi Javdat Yilmaz.