G‘azoda halok bo‘lganlar soni 7 mingdan oshdi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 mingdan oshdi, jarohatlanganlar esa 18 mingga yetdi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Al Arabiya” telekanali xabar berdi.

"O‘lganlar orasida 2913 nafar bola va 1709 nafar ayol bor–bu G‘azo sektorida 2005 yildan beri urushda halok bo‘lganlar sonining eng yuqori ko‘rsatkichidir”, deyiladi rasmiy bayonotda. 

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p o‘lim holatlari Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi nishonlarga zarbalar bergan kunlarda qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush joriy yilning 7 oktyabr kuni Isroil hududiga yuzlab raketalar otilgani bilan boshlangan. Isroil hukumati bunga javoban HAMASga qarshi urush e’lon qildi va G‘azo sektorini keng ko‘lamli o‘qqa tuta boshladi. Isroil tarafdan 1,4 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilindi. Yaqin kelajakda Isroil harbiylari G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiyani boshlash orqali jangovar harakatlarning yangi bosqichiga o‘tish niyatida.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing