G‘azo va G‘arbiy Sohil Falastin nazoratiga o‘tishi kerak – Bayden

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azo sektori va G‘arbiy Sohil Falastin ma’muriyati nazorati ostida bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda u “The Washington Post” gazetasida chop etilgan maqolasida yozgan

“Biz tinchlikka intilayotgan ekanmiz, G‘azo va G‘arbiy Sohil yagona boshqaruv tuzilmasi ostida birlashishi kerak. Biz shundagina tiklangan Falastin ma’muriyati boshchiligida ikki davlat o‘rtasidagi mojaroga yechim topa olamiz”, deb yozgan Bayden.

AQSH rahbarining qo‘shimcha qilishicha, falastinliklar G‘azodan majburan ko‘chirilmasligi, shaharlari qayta ishg‘ol qilinmasligi, hech qanday qamal, blokada yoki hududni qisqartirishlar bo‘lmasligi kerak. 

Bayden shuningdek, Isroil rahbarlariga murojaat qilib, G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zo‘ravonliklarni to‘xtatish va aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerakligini aytgan.

“Vashington bu borada choralar ko‘rishga tayyor, jumladan, G‘arbiy Sohildagi tinch aholiga hujum qilayotgan ekstremistlarga viza taqiqini joriy etish orqali”, degan AQSH Prezidenti.

Uning yozishicha, xalqaro hamjamiyat urushdan keyin anklav aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun resurslarni, jumladan, vaqtinchalik xavfsizlik choralarini ko‘rishi va G‘azoning uzoq muddatli ehtiyojlarini barqaror qondirish uchun qayta qurish mexanizmini yaratishi kerak.

Bundan tashqari, syosatchi HAMAS o‘z “mafkurasi”ga amal qilar ekan, G‘azodagi sulh hech qachon muqum tinchlikka olib kelmasligini aytgan. Unga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish – harakat jangchilari raketa zaxiralarini tiklashi, qo‘shinlarini qayta joylashtirishi va yangi hujum rejalari tuzishi uchun vaqt berishdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Moliya vaziri Janet Yellenga G‘arbiy Sohildagi falastinliklarga hujum qilayotgan va ularni majburan ko‘chirib o‘tkazayotgan isroillik ko‘chmanchilarga qarshi viza cheklovlari va sanksiyalar tayyorlashni topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin Jo Bayden HAMAS G'azo sektori G'arbiy Sohil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made