G‘azo sektorida epidemiya xavfi bor – “Reuters”
Olam
−
14 dekabr 2023
3416Toza suv, oziq-ovqat va boshpana yo‘qligi G‘azo sektori aholisi orasida yuqumli kasalliklarning tarqalishi xavfini keltirib chiqardi. Bu haqda 10 nafar shifokor va gumanitar tashkilotlar xodimlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
"G‘azo sektorida kasallik tarqalishi uchun ideal muhit yaratildi. Endi gap uning oqibatlari qanchalik jiddiy bo‘lishi haqida bormoqda", deydi BMT Bolalar jamg‘armasi vakili Jeyms Elder.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 29 noyabrdan 10 dekabrga qadar oshqozon-ichak kasalliklari belgilarini boshdan kechirgan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 66 foizga oshib, 59 895 nafarga yetgan. Anklavning qolgan aholisi uchun bu ko‘rsatkich 55% ni tashkil etdi.
G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahridagi “Nosir” shifoxonasi pediatriya bo‘limi mudiri Ahmad al-Farra uning bo‘limi qattiq suvsizlanishdan aziyat chekayotgan bolalar bilan to‘lib ketganini aytgan. Bu ba’zi bolalarda buyrak yetishmovchiligiga olib kelgan va diareya holatlari to‘rt baravar ko‘paygan.
Al-Farraning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida shaharda gepatit A bilan kasallangan 15-30 ta holat qayd etilgan.
“Virusning inkubatsiya davri uch haftadan bir oygacha davom etadi, shuning uchun bir oy ichida gepatit A bilan kasallanganlar sonida portlash sodir bo‘ladi”, deydi u.
LiveBarchasi