Gaz zaxiralari faqat Rossiyada mavjud emas – Shols BAAdan gaz olmoqchi

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Birlashgan Arab Amirliklari bilan mamlakatga suyultirilgan gaz va dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda u bugun, 25 sentyabr kuni Abu-Dabiga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasida Germaniyaga gaz va suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

“Biz dunyoda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish shu darajada rivojlanganiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Hozirgi yuqori talab Rossiyada mavjud ishlab chiqarish quvvatiga murojaat qilmasdan ham qondirilishi mumkin”, deydi kansler.

Shuningdek, u Germaniyaning bir ta’minotchiga qaramligi bilan bog‘liq vaziyat qayta takrorlanmasligini ta’kidlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda mamlakatdagi Rossiya gazining ulushi 6-8 foizgacha kamaygan.

Ma’lumot uchun, BAA gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinni egallaydi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

551

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made