Gavi Messidan keyin dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
Sport
−
16 yanvar
3843“Barselona”ning 20 yoshli yarim himoyachisi Gavi Kataloniya jamoasining 17 yoshli vingeri Lamin Yamalni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi. Bu haqda u “Betis” bilan Ispaniya kubogi 1/8 final uchrashuvidan so‘ng ESPN'ga bergan intervyusida aytdi.
“Ha, bu haqiqat. Lionel Messidan keyin u eng zo‘r futbolchi”, deydi Gavi.
Qayd etish joiz, 5:1 hisobida Barselona foydasiga hal bo‘lgan o‘yinda Gavi 3-daqiqadayoq birinchi golni urdi. Yamal esa 1 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
17 yoshli futbolchi Kataloniya jamoasiga 2023 yilning iyul oyida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda Yamal 24 ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi