“Gavana sindromi”ga chalingan amaldorlar aniqlandi
Olam
−
14 yanvar 2022
6765“Gavana sindromi” deb ataluvchi alomatlar AQSHning Jeneva va Parijdagi diplomatik vakolatxonalarida ishlayotgan amaldorlarda ham namoyon bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, diplomatik vakolatxona xodimlaridan kamida bittasi davolanish uchun AQSHga qaytarib yuborilgan.
Ushbu noma’lum kasallik 2016 yildan beri amerikalik diplomatlarni qiynab kelmoqda. Gavanadagi bir nechta elchixonalarda shunday holatlar kuzatilgan, shuning uchun alomatlar kombinatsiyasi “Gavana sindromi” deb nomlangan. Barcha qit’alarda 200 ga yaqin xodim zarar ko‘rgani aytiladi. Ushbu hodisa uchun hali ham tushuntirish berilmagan.
Qayd etilishicha, “Gavana sindromi” alomatlari quloqlarda paydo bo‘ladigan “g‘ichirlash” yoki “metall silliqlash”ga o‘xshash tovush, shuningdek, bosh og‘rig‘ini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, isitma va kuchli bosim kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, charchoq haqida ham aytilgan.
Ba’zi versiyalarga ko‘ra, “Gavana sindromi” maxfiy qurollardan foydalanish natijasidir. Biroq, boshqalar gap ruhiy buzilishlar haqida ketmoqda, deb hisoblaydi.
Ma’lumot o‘rnida, AQSHning avvalgi ma’muriyati 2016 yilning noyabr oyidan beri Gavanada 40 dan ortiq amerikalik diplomatlar “akustik hujumlar” deb nomlangan tashqi ta’sirlar natijasida jarohatlanganini da’vo qilgan edi. Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Kubani ushbu voqealar uchun javobgar deb hisobladi.
2017 yil sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlar Gavanadagi elchixonasi xodimlarining 60 foizini chaqirib oldi, Kubaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari esa Amerika tomonining iltimosiga binoan 15 kishiga qisqartirildi. Gavana amerikalik diplomatlar bilan sodir bo‘lgan voqealarga aloqadorligini bir necha bor rad etgan.
Keyingi yillarda AQSHning boshqa bir qancha mamlakatlardagi davlat xizmatchilari ham xuddi shunday ta’sirga uchraganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu odamlarning ba’zilari Amerika Qo‘shma Shtatlari “Gavana sindromi” deb ataydigan kasallikka chalingan.
LiveBarchasi