“Garri Potter” noshiri fojiali halok bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Amerikada “Garri Potter” kitoblarini chop etadigan Bloomsbury USA nashriyoti rahbari Adriyen Vofan Italiyaga sayohati chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

45 yoshli ayol eri Mayk Uayt va ikki farzandi Leanna hamda Meyson bilan Italiyaning Amalfi sohilida halokatga uchragan.

Gap shundaki, noshir oilasi bilan ko‘rfazni aylanish uchun to‘qqiz metrli tezyurar qayiqni ijaraga olgan. Kema esa suvda 45 metrli “Tortuga” nomli yelkanli qayiq bilan to‘qnashgan. Unda 80 ga yaqin odam bo‘lgan. Ular orasida to‘yini nishonlayotgan nemis va amerikalik sayyohlar ham bor edi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Vofan to‘qnashish natijasida suvga tushib ketgan va qayiq parraklariga urilib, og‘ir jarohat olgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, Vofanni davolash uchun quruqlikka olib chiqqan. Ammo noshir vertolyotda kasalxonaga yetib bormay jon bergan. Uning eri ham suvga tushib ketgan, ammo mahalliy kasalxonaga yotqizilganidan keyin omon qolgan. Bolalar esa jarohatlanmagan bo‘lsada, onasining holatini ko‘rib, dahshatga tushgan.

Salerno shahri prokurorlari voqea yuzasidan tergov boshladi. Italiya matbuotiga ko‘ra, Vofan yollagan qayiqchining giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar uchun topshirgan testi ijobiy chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, “Garri Potter va hikmatlar toshi” kitobining 1997 yildagi birinchi nashri Angliyada kimoshdi savdosiga qo‘yildi va 13,5 ming AQSH dollariga sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Garri Potter qayiq noshir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing