“Garri Potter” aktrisasi vafot etdi 

Madaniyat-san’at

image

Buyuk Britaniyalik teatr va kino aktrisasi Xelen Makkrori vafot etdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i, aktyor Demien Lyuis Twitter'dagi sahifasida ma’lum qilgan. 

"G‘amginlik bilan shuni ma’lum qilamanki, go‘zal va kuchli ayol Xelen Makkrori saraton kasalligiga qarshi qahramonlarcha kurashdan so‘ng uyda vafot etdi", deyilgan xabarda. 

Aktrisa 52 yoshda edi. U Garri Potter filmlarida Narsissa Malfoy rolini o‘ynagan. 

Shuningdek, u "Vaqt qo‘riqchisi", "Doktor Kim", "Qo‘rqinchli ertaklar", "Omadsizning xotiralari" va "007: "Skayfoll" koordinatalari" filmlarida rol ijro etgan. 

Makkrori BAFTA Cymru mukofoti sovrindori va ikki marta Lorens Olive mukofotiga nomzod bo‘lgan. 

U klassik asarlarda aktrisa sifatida mashhurlikka erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Makkrori

Baholaganlar

523

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar