Garovdagilar ozod qilinsa ham sulh bo‘lmaydi – Isroil
Olam
−
23 Oktabr 2023 11860 1 daqiqa
Isroil G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar chog‘ida ham o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmaydi. Bu haqda CNN nomini oshkor qilishni istamagan Isroilning yuqori martabali amaldoriga tayanib, xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 200 dan ortiq garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda ham sulh haqida va’da berilmaydi, chunki “bunday mehribonlik XAMASni yo‘q qilish missiyasiga ta’sir qilishi mumkin”.
Rasmiy, shuningdek, AQSHning Isroilni G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani keyinga qoldirish haqidagi chaqiriqlaridan bexabarligini ta’kidladi.
Avvalroq, CNN telekanali Vashington Isroilga G‘azoda quruqlikdagi operatsiya boshlanishini kechiktirish va anklavda garovga olinganlarni ozod qilish uchun bosim o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edi.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken NBC telekanaliga bergan intervyusida Isroil G‘azo sektorida quruqlikdan operatsiya boshlashga mustaqil qaror qilishi kerakligini, Vashington faqat maslahat berishi mumkinligini aytgan edi.
Avvalroq, Isroil mudofaa kuchlari Damashq va Halab aeroportlarining uchish-qo‘nish yo‘laklariga raketa hujumi uyushtirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025