Garet Beyl professional golfda debyut qildi

Sport

−

image

“Real” sobiq futbolchisi, uelslik Garet Beyl professional golfda o‘z debyutini o‘tkazdi. Bu haqda “Talksport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Beyl “PGA Tour” turnirida ishtirok etgan. U musobaqada yaxshi natija ko‘rsatib, tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Beyl futbolchilik faoliyatining aksariyat qismini “Tottenxem” va “Real” klublarida o‘tkazgan.

Beyl faoliyati davomida “Real” bilan 5 marta Yevropa Chempionlar ligasi, 4 marta klublar o‘rtasidagi JCH, 3 marta La Liga, 2 marta Yevropa Superkubogi, bir marta Ispaniya superkubogi va Ispaniya kubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. 

Eslatib o‘tamiz, futbolchi joriy yilning 9 yanvar kuni butsasini “mixga ilgandi”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing