“G‘arb Ukraina rahbarligiga yahudiyni qo‘ydi”. Putin Zelenskiy siyosatini qoraladi

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Rossiyalik jurnalist Zarubin Putinga Ukrainadagi yahudiylar haqida savol bilan murojaat qildi. Rossiya Prezidenti esa bu savolga javoban yahudiylarning Ukrainadagi hokimiyati natsizmga sabab bo‘lganini aytdi.

“Men bu haqda allaqachon gapirgan edim, ehtimol men yangi hech narsa qo‘sha olmayman, lekin buni takrorlashni muhim deb bilaman: G‘arb liderlari zamonaviy Ukraina rahbarligiga kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan odamni qo‘ygan.  Mening fikrimcha, shuning o‘zi zamonaviy Ukraina davlatining asosi bo‘lgan bunday noinsoniy harakatlar mazmunini ko‘rsatib beradi”, degan Putin.

Qolaversa, u Zelenskiyning o‘ziga xos siyosatiga ham to‘xtalib o‘tdi:

“Juda jirkanch, ha, etnik yahudiyning natsizmni ulug‘lashi va bir paytlar Ukrainadagi Xolokostga rahbarlik qilganlarni yashirishi, shuningdek, bir yarim million odamning yo‘q qilinishi jirkanchlikdan boshqa narsa emas”, deya qo‘shimcha qildi u.

Bunga dalil sifatida Rossiya Prezidenti Isroilning harakatlarini misol qilib keltirdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Putin Ukrainada harbiy harakatlar boshlangandan beri Zelenskiy hukumatini neofashizm va neonatsizmda ayblab keladi.

Avazbek Mo‘ydinov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing